TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yil boshidan buyon Rossiyadan O‘zbekistonga ichimliklar eksporti 255 foizga oshdi. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligini nazorat qiluvchi Moskva viloyati hukumati raisining o‘rinbosari Georgiy Filimonov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Moskva viloyati yetti oy davomida 114,1 million dollarlik deyarli 152 ming tonna ichimliklar eksport qildi. Bunday ko‘rsatkichlar mintaqaga ushbu turdagi mahsulot eksporti bo‘yicha Rossiyada yetakchi bo‘lishga imkon berdi.
Filimonovning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonga ichimliklar eksporti 255 foizga oshgan.
Shuningdek, Moldovaga yetkazib berish 191 foizga, Hindistonga esa 160 foizga oshgan.
Moskva viloyati chet elga alkogolli va alkogolsiz ichimliklar yetkazib beradi: mineral suvlar, alkogolsiz pivo va meva sharbatlari.
Qolaversa, ichimliklarning katta qismi Qozog‘iston, Belarus va Tojikistonga yetkazib berilgan.