Hindiston o‘z nomini o‘zgartirishga qaror qildi — OAV

“Hindiston” nomi Konstitutsiyadan olib tashlanishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Hindiston hukumati mamlakatga Bharat nomini qaytarish niyatida. Bu haqda RIA Novosti "The Economic Times" nashriga tayanib xabar berdi.

“Endi Konstitutsiyaning 1-moddasini quyidagicha o‘qish mumkin: Bharat, ya’ni Hindiston shtatlar ittifoqi bo‘ladi”,- deya yozgan Hindiston milliy kongressi rahbari Jayram Ramesh o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bundan tashqari, u Hindiston prezidentidan G20 rasmiy kechki ovqat taklifnomalari odatdagidek “Hindiston prezidenti” o‘rniga “Bharat prezidenti” nomi bilan yuborilganini ta’kidladi.
“Britaniyaliklar Bharatni Hindiston deb qayta nomlashgan. Mamlakatimiz ming yillar davomida “Bharat” nomi bilan tanilgan... Bu mamlakatning qadimiy nomi bo‘lib, qadimgi sanskrit matnlarida uchraydi. "Hindiston" nomi mustamlakachilarga berilgan va shuning uchun qullik ramzi hisoblanadi. “Hindiston” nomi Konstitutsiyadan olib tashlanishi kerak”, — dedi Hindiston parlamenti yuqori palatasi deputatlaridan biri.