TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Ukraina mojarosida yutqazgan tomonlar Kiyev va Yevropa Ittifoqi bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning dikGAZETE gazetasi sharhlovchisi Unver Sel yozdi. RIA Novosti
"Turkiya geosiyosiy nuqtayi nazardan Ukrainada ikkita katta yutqazuvchi tomonlarni biladi: birinchisi — Kiyevning o‘zi, ikkinchisi esa — Yevropa, demak, Germaniya. <...> Turkiya ham butun dunyo kabi buni ko‘rapti", - deb yozgan u.
Uning ta’kidlashicha, anglo-sakson dunyo o‘zining "asosiy maqsadini" amalga oshirdi — Yevropa sanoatining Rossiya xom ashyosi bilan integratsiyalashuviga yo‘l qo‘ymadi. Shuning uchun ham Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya retsessiya (ishlab chiqarishning pasayishi) va sanoat tanazzuli davriga kirdi, deb xulosa qildi muallif.