Sherali Jo‘rayev vafot etdi

Sherali Jo‘rayev uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 77 yoshida vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Sherali Jo‘rayev uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 77 yoshida vafot etdi.
Jo‘rayev 1947-yilda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining Aktorlik san’ati yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1972-yilda “Shodlik” ashula va raqs ansamblida xonanda sifatida boshlagan. Shuningdek, 1979-1986 yillarda Andijon viloyati filarmoniyasi xonandasi, 1986-1996 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi, 1996-2017 yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi, 2017-yilda shu kunga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi sifatida samarali ijod qilib kelayotgandi.
Sherali Djurayev
Hofiz o‘z ijodiy faoliyati davomida yuzlab o‘lmas qo‘shiqlar yaratdi, Sherali Jo‘rayev ijod maktabiga asos soldi, yuzlab shogirdlar chiqardi.
Farrux Zakirov i Sherali Djurayev
Hofizning mehnatlari munosib baholanib, 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, 1991-yilda A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan, 2018-yilda “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va 2022-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.