Putin 2024-yilda Turkiyada “Akkuyu” AESning birinchi bloki ishga tushirilishini e’lon qildi

Loyiha to‘liq Rossiya tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Turkiyada “Akkuyu” atom elektr stansiyasining (AES) birinchi bloki kelasi yilning boshida ishga tushirilishi rejalashtirilgan, bu borada mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.

“Akkuyu” AES qurilishi davom etmoqda, “Akkuyu”ga Rossiya yadro yonilg‘isining birinchi partiyasi yetkazib berilgandan so‘ng endilikda Turkiya xalqaro yadroviy davlatlar safiga qo‘shildi. Kelgusi yilda, hammasi reja bo‘yicha, birinchi blokni ishga tushiramiz. Bunda hamkorligimizni davom ettirishning qiziq ehtimoliy variantlari bor”, – dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir stansiyada 25 ming xodim nafar xodimdan iborat yuqori malakali jamoa ishlamoqda.
“Akkuyu “Turkiyada qurilayotgan birinchi atom elektr stansiyasidir. Loyiha Rossiya bilan 2010-yil 12-mayda tuzilgan hukumatlararo hamkorlik shartnomasi asosida amalga oshirilmoqda.
Stansiya Rossiyada ishlab chiqarilgan “3+” avloddagi VVER (suv-suv energetika reaktori) reaktorlariga ega to‘rtta energoblokdan iborat bo‘ladi. Har bir energiya blokining quvvati 1200 MVtni tashkil qiladi. Stansiya ishga tushirilgach va to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 35 milliard kilovatt/soatga yaqin elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Loyiha to‘liq Rossiya tomonidan moliyalashtirilmoqda. Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktarning so‘zlariga ko‘ra, stansiyaning birinchi quvvat blokida elektr energiyasi ishlab chiqarish 2024-yil 29-oktabrda boshlanadi, qolgan reaktorlar bir yil oraliq farq bilan ishga tushiriladi.
Turkiyaning kelajagi Rossiyaga bog‘liq