Zelenskiyning qarori uning ittifoqchilarini g‘azablantirdi – OAV

Ta’kidlanishicha, G‘arbning Ukraina qarshi hujumidan umidlari katta bo‘lgan, biroq bu umidlar puchga chiqmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Ukrainaning g‘arblik ittifoqchilari Vladimir Zelenskiyning taktikasi va Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) qarshi hujumining sekin jarayonidan darg‘azab. Bu haqda Amerikaning xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashi xodimi Charlz Kupchan “The New York Times” gazetasiga ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Qarshi hujum bunday sekin ketayotgan, Amerika mudofaa va razvedkasi ukrainlarni ayblashni boshlayotgan ekan, G‘arb hukumatlari shuncha miqdorda asbob-uskuna yetkazib bergandan va umidlarga to‘lgandan keyin o‘zlarini yanada zaif his qilishmoqda”, - degan tahlilchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar qarshi hujum ukrainlarga Qrimni nazoratga olishga imkon berishi mumkinligiga umid qilishgan, biroq bu ro‘y bermadi.
Rossiya Ukrainadagi mojaroda g‘olib bo‘lmoqda, G‘arb esa yutqazmoqda – AQSh Kongressi vakili