Putin va Erdog‘an uchrashuvi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Ikki davlat rahbarining muzokaralari Sochida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 4-sentabr kuni Sochida turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Haqiqatdan, muzokaralar dushanba kuni bo‘lib o‘tadi, ular Sochida bo‘lib o‘tadi, kun o‘rtasida”, - dedi Kreml vakili. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Bu Rossiya va Turkiya yetakchilarining don bitimi amal qilish muddati tuganganlan keyin birinchi uchrashuvi bo‘ladi. Oldingi safar ular 2022-yil 13-oktabr kuni Ostonada yuzma-yuz uchrashishgan edi. Ular telefon orqali muntazam muloqot qilib kelishgan. Putin va Erdog‘anning oxirgi telefon suhbati 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan.
Rossiya va Turkiya TIV rahbarlari prezidentlarning bo‘lajak uchrashuvini muhokama qildi