"Uzbekistan Airways" yana bir samolyot sotib oldi — parvozlar qayerga amalga oshiriladi?

Uzbekistan Airways ikkinchi LET L-410 havo kemasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. "Uzbekistan Airways" mahalliy parvozlar uchun yana bir samolyot sotib oldi, deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
Uzbekistan Airways ikkinchi LET L-410 havo kemasini tantanali ravishda qabul qilib oldi.
"LET L-410 rusumli ikkita samolyot barcha aerodrom operatsiyalari tugagandan so‘ng Zomin, Zarafshon, Shahrisabz va So‘x kabi shaharlarga parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu havo kemalari qisqa ichki yo‘nalishlarda ham foydalaniladi", deyiladi xabarda.
Havo kemasi Toshkentdan O‘zbekistonning turli shaharlariga parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va o‘z ichiga 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi.
“Ushbu samolyot respublika ichidagi mahalliy yo‘nalishlarni rivojlantirish doirasida xarid qilingan”, deyiladi xabarda.
Ushbu turdagi havo kemasi ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida ishlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Ushbu turdagi samolyotlar besh qit’aning 60 dan ortiq mamlakatlarida foydalaniladi.
U qisqa masofalarga yo‘lovchilar va yuklarni havoda tashish uchun ideal texnik hamda eng yaxshi iqtisodiy yechimdir. Ular qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga, shu jumladan tuproqli yerga qo‘nishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida "Uzbekistan Airways" LET L-410 samolyotlarini xarid qilgan edi. Yangi samolyotlar o‘ta qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklaridan ucha oladi, bu esa respublika bo‘ylab yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi hamda Zarafshon, Shahrisabz va Andijon kabi shaharlarga reyslarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6