TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Hakan Fidan Moskvada prezidentlar Vladimir Putin va Rejep Tayyib Erdog‘anning bo‘lajak uchrashuvi kun tartibini muhokama qildi.
“Prezidentlar o‘zlarining navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotganini inobatga olib, men ular uchrashuvida muhokama qilinadigan masalalarni batafsil ko‘rib chiqishimiz mumkin deb hisoblayman”, - dedi Lavrov Fidan bilan muzokaralarda.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Turkiya o‘rtasida ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy va xalqaro kun tartibida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Vazirlarning Moskvadagi uchrashuvi ikki davlat yetakchilarining ko‘rib chiqishiga sifatli tavsiyalarni tayyorlashga imkon beradi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Erdog‘an uchrashuvi Sochida sentabr oyi boshida bo‘lib o‘tadi. Rossiya matbuot kotibi bu ma’lumotni tasdiqlagan. Kreml uchrashuv sanasi haqida keyinroq rasmiy ma’lumot berishini ta’kidlagan.