Interpol qidiruvidagi shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga olib kelindi

U katta miqdorda firibgarlik sodir etganlikda gumon qilinmoqda. U olish kelish uchun juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy burosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsni Managuadan Toshkentga olib keldi. Bu haqda buro matbuot xizmati xabar berdi.
Uni olib kelish O‘zbekiston TIV, AQShning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSh Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikada xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish bo‘limlari yordami bilan amalga oshirilgan.
Interpol qidiruvidagi shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga olib kelindi
Ta’kidlanishicha, masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, jinoyatchini tranzit qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tartiblar Bosh kotibiyatning Qo‘mondonlik va muvofiqlashtirish markazi va O‘zbekistonda Interpolning milliy markaziy burosi tomonidan muvofiqlashtirilgan.
“Juda ko‘p mamlakatlarning xizmatlari jalb qilingani ajablanarli emas, chunki gumonlanuvchining izi uzoq Markaziy Amerikada yo‘qolgan. U boshqa qit’ada yashirinib, yana jinoiy faoliyat — noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga o‘tkazish bilan shug‘ullangan”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Misrdan ekstraditsiya qilingani xabar qilingan edi.