TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) Bransk viloyati Klimovo posolkasini o‘qqa tutishi oqibatida bir necha kishi, jumladan, bir go‘dak halok bo‘ldi. Yana besh kishi jabrlandi. Bu haqda Rossiyaning Bransk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz ma’lum qildi.
“UQK Klimovo posolkasini zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizim bilan o‘qqa tutdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, afsuski, halok bo‘lganlar bor. Ular orasida bir go‘dak ham bor. O‘qqa tutish oqibatida besh nafar tinch aholi, jumladan, bolalar jabrlandi”, - deya yozdi Bogomaz o‘ziningTelegram-kanalida.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, o‘qqa tutish oqibatida maktab binosi, bir necha ma’muriy bino shikastlangan. Elektr energiyasi ta’minotida uzilish ro‘y bergan.
“Tezkor xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Jabrlanganlarga barcha zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Bogomaz.