Tarixiy sana: Kishinyov fashistlardan to‘liq ozod qilingan kun

Kishinyov ozod etilishi Yassi-Kishinyov hujum operatsiyasi birinchi qismini yakunlagan.
Sputnik
1944 yil 24-avgust kun Moldaviya SSR poytaxti – Kishinyov fashistlardan ozod qilingan. Shaharni general-leytenant N.E. Berzarinning 3-Ukraina fronti 5-zarbdor armiyasi qo‘shinlari ozod qilgan.
Kishinyovni qo‘lga olish Yassi-Kishinyov hujum operatsiyasi birinchi qismini yakunlagan. U Qizil Armiyaning eng muvaffaqiyatli strategik operatsiyalaridan biri edi.
Moskva Kishinyov xaloskorlari sharafiga 324 ta to‘pdan baravariga o‘q uzib, munosib olqishlagan.