TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Bugun Toshkentning Bektemir va Uchtepa tumanlaridagi ayrim mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Bektemir tumani - "Nurliyo‘l" va "Gulbog‘" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani - "Diyorobod" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.