TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Qashqadaryoda Amir Temur davriga tegishli qadimiy qishloq xarobalari topildi. Bu Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan Xo‘ja Ravshan obidasi hududidagi dala tadqiqotlari chog‘ida qator arxeologik topilma va tuproq qatlamlari aniqlandi.
Qashqadaryoda qadimiy qishloq xarobalari topildi.
© Agentstvo kulturnogo naslediya respubliki Uzbekistan
“Qazish ishlari mobaynida qishloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kashf qilindi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yodgorlik o‘rnida XIII-XIV asrlarda Qarshidan Buxoroga olib boruvchi gavjum aholiga to‘la karvon yo‘li joylashgan bo‘lgan. Qishloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni tashkil etadi.
Qashqadaryoda qadimiy qishloq xarobalari topildi.
© Agentstvo kulturnogo naslediya respubliki Uzbekistan
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, o‘sha kezlari istiqomat qilgan ovul aholisi chig‘atoy davrining so‘nggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan bo‘lgan.
"Tadqiqotchilar Amir Temur zamonida nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgani haqida dastlabki xulosalarga kelishdi", - deyiladi xabarda.
Topilmalar orasida koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari va boshqa noyob buyumlar bor.