TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonidan Oliy davlatlararo kengash tuzildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jumladan:
2023-2024 yillarda har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
energetika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida bitim;
yoshlarga oid siyosat va sport sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar;
Media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
Fuqarolarning vizasiz qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi;
“E-permit” ruxsatnoma blanklarini elektron almashish axborot tizimini joriy qilish, oila va bolalarni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligi borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlar;
Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi, kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar.
Qayd etilishicha, ushbu hujjatlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning bir qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.