Necha nafar abituriyent talaba bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Sputnik
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-2024 o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Shundan:
42 655 nafari — davlat granti;
150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:
Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.
Tanlov natijalariga ko‘ra davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball 93,3 ga teng bo‘lgan.
Talabalarning 13,5 ming nafarga yaqini qo‘shimcha qabul parametrlari, 180 ming nafarga yaqini umumiy qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi.
Talaba bo‘lgan abituriyentlar:
nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,5 ming nafar;
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
harbiy xizmatchilarning farzandlari — 2,1 ming nafar;
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
kamida 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 351 nafar.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar uchun yakuniy tanlov natijalari (mandat) 22-avgust kuni e’lon qilindi. Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha davom etdi.
Ta’lim krediti: shartlar va imtiyozlar