TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi ham tasdiqlandi.
4 sentabrdan quyidagi 31 ta oliy ta’lim maskani talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun (1, 2 va 3-sentabr) dam oladi.