Mirziyoyev Budapeshtda kimlar bilan uchrashdi — foto

Mirziyoyev Budapesht shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matubot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Qatar davlati amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan suhbatlashdi.
Ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yetakchilar jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini tomosha qildi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Musobaqalarda 190 dan ziyod mamlakatdan 2 ming nafardan ortiq sportchi qatnashmoqda. Chempionatda O‘zbekistondan 5 nafar atlet sportning balandlikka sakrash, uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash, yettikurash va marafon kabi turlarida kuch sinashmoqda.
Shuning bilan Mirziyoyevning Vengriyaga amaliy tashrifi yakunlandi. Tashrif tadbirlari yakunlangach, prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4