Qrimda Ukrainaning S-200 raketasi urib tushirildi

Ukraina raketasi Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlangan va havoda urib tushirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qrimda Ukrainaning S-200 raketasi urib tushirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina qo‘shinlari Qrimdagi nishonlarga hujum qilish uchun foydalanayotgan S-200 raketasini urib tushirdi.
“19 avgustga o‘tar kechasi Kiyev rejimi Qrim hududida zarba berish versiyasiga aylantirilgan S-200 havo mudofaa tizimining zenit raketasi bilan terrorchilik hujumini amalga oshirishga urindi. Ukraina raketasi Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlangan va havoda urib tushirilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 12-avgust kuni ular konvertatsiya qilingan S-200 raketalari bilan Qrim ko‘prigiga ikki marta hujum qilishga uringan edi. Zelenskiy Qrim ko‘prigiga hujum qilishga urinish uchun javobgarlikni tan olgan. Qrim va Sevastopolda terrorchilik xavfining sariq darajasi mavjud.