TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qon bosimi kasalligiga chalingan bemorlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Maslahat poliklinikasi mudiri Oybek O‘rinov ma’lum qildi.
“Albatta. Biroq gipotoniya belgilari kuzatilganda, eng avvalo, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Aks holda biron bir yashirin kechayotgan jiddiy kasallikni o‘tkazib yuborish mumkin”, — deydi mutaxassis.
Shuningdek, gipotoniklar har kuni boshqalarga nisbatan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishga odatlanishlari kerak. Sport bilan shug‘ullanish ham qon bosimi pasayishining oldini olishga yordam beradi. Buning uchun piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozim. Bu esa organizmda qon aylanishini yaxshilab, tana a’zolarining bir maromda ishlashini ta’minlaydi.
Quloqlarning og‘riqli nuqtasi va qo‘l va oyoqlardagi barmoqlar uchini uqalash ham organizm faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
“Bundan tashqari, ushbu kasallikka chalingan bemorlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ayniqsa, gipotoniyada suli yormasi va grechixadan tayyorlangan bo‘tqalar juda foydali. Lekin xamir va yog‘li ovqatlarni kamroq iste’mol qilish maqsadga muvofiq”, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, uy sharoitida sho‘r baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch iste’mol qilish, qahva ichish (qachonki uni kam iste’mol qiladigan insonlar ichganda) qon bosimini oshiradi.
Biroq sho‘r mahsulotlar bilangina qon bosimini ko‘tarish to‘g‘ri emas. Boisi natriy yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, yoshi katta insonlarda) va boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.