Yana bir Rossiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

“UVT Aero” aviakompaniyasi Qozon – Samarqand yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Rossiyaning “UVT Aero” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
“O‘zaviatsiya" agentligi 17-avgust kuni aviakompaniyaga tegishli ruxsatnomani taqdim etdi. Ruxsatnoma O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida berilgan.
“UVT Aero” aviakompaniyasi Qozon – Samarqand yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Parvozlarni CRJ-200 rusumli havo kemalarida bajariladi.