Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum

Ohangaron tumani prokurori Qibray tumaniga hokim bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi.
Adliya maslahatchisi Muzaffar Rashidov Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Rashidov 1987-yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.