Moskva osmonida dron urib tushirildi — Sobanin

Sobanin: Havo mudofaa kuchlari kechasi Moskvaga uchmoqchi bo‘lgan uchuvchisiz dronni yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvaga uchayotgan dronni yo‘q qildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobanin Telegram–kanalida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari bugun tunda Moskvaga uchmoqchi bo‘lgan uchuvchisiz dronni yo‘q qildi.

“Ekspomarkaz hududiga uchuvchisiz havo vositasi qoldiqlari qulagan, binoga jiddiy zarar yetmagan”, deb yozadi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, shahar favqulodda xizmatlari voqea joyida ishlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, Krasnopresnenskaya qirg‘og‘i, 14-uyda, bir qavatli binoning jabhasi hujumdan keyin shikastlangan. Hech qanday portlash yoki yong‘in sodir bo‘lmagan. Shikastlanish maydon 20 kvadrat metrni tashkil etdi.