Jizzaxda yangi hibsxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi — foto

Binoda 25 nafar shaxsga mo‘ljallangan 6 ta kamera mavjud.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Ichki ishlar boshqarmasi (IIB) hududida vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bino “XXI asr bunyodkori” qurilish korxonasi tomonidan barpo etilgan. Binoda 25 nafar shaxsga mo‘ljallangan 6 ta kamera mavjud. Shuningdek, tergov, advokat, tibbiyot, ovqatlanish xonalari hamda sayr maydonchasi tegishli tartibda jihozlangan.
Bundan tashqari saqlanayotgan shaxslar yaqinlari bilan uchrashishlari uchun sharoit yaratilgan.
Qayd etilishicha, bino xalqaro talab va meyorlar asosida bunyod etilgan. Hibsxona hududi kuzatuv qurilmalari bilan to‘liq qamrab olingan.