O‘zbekistonda o‘tgan yili eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar – ro‘yxat

Davlat budjeti soliq tushumlarining 16,3 foizi “Navoiy KMK”, 8,6 foizi esa “Olmaliq KMK” ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Fuqarolar uchun budjet: 2022-yil ijrosi" nashrini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan.
O‘tgan yili davlat budjetining soliq tushumlarida yirik soliq to‘lovchilarning ulushi 33,1 foizni tashkil qilgan.
Shundan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning ulushi 16,3 foizni, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ning ulushi 8,6 foizni tashkil qilgan.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ(16,3 foiz);
2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (8,6 foiz);
3. “O‘zbekneftgaz” AJ (2,2 foiz);
4. “O‘ztransgaz” AJ (1,4 foiz);
5. “Hududgazta’minot” AJ (1,2 foiz);
6. “Uzbat” AJ (1,1 foiz);
7. “UzAvto Motors” AJ (0,7 foiz);
8. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (0,6 foiz);
9. “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ (0,5 foiz);
10. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ (0,5 foiz).
2022 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar
2022 yilda ushbu kompaniyalarning davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 36,44 foizni tashkil etishi prognoz qilingan edi.
O‘zbekistonda kim ko‘proq soliq to‘laydi? — TOP-10 ishlab chiqaruvchi