TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Nukusda koronavirusga qarshi immunli sut mahsulotlari sotuvga chiqarildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” chorvachilik korxonasida joriy yildan boshlab immun suti va undan olinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
V Nukuse postupili v prodaju molochnie produkti protiv koronavirusa
© Nazokat Abduqunduzova
“Bir necha yillar davomida dunyoni larzaga keltirgan kasallik – koronavirusga qarshi immunli sut mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.
2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi (hozirgi Innovatsion rivojlanish agentligi) huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot universiteti hamkorlikda SARS-CoV-2 virusiga qarshi immun sutini olish loyihasi ustida ishlarni boshlagan.
2022 yilda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Biotexnologiyalar va komparativ tibbiyot sohasidagi olimlar jamoasi ZF-UZ-VAC2001 O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi bilan emlangan sigirlarning immun sutidan tajriba namunalari oldi. Xalqaro molekulyar allergologiya markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, nasldor sigirlar hamda Avstriya va Germaniyadan olib kelingan Golshtin zotli sigirlar xavfsiz va samarali bo‘lgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 dozasi bilan to‘liq emlandi.
Bo‘g‘ozlik davrida ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan sigirlarning og‘iz sutida SARS-CoV-2 virusiga qarshi tanachalar maksimal darajada bo‘lishi olimlar tomonidan tasdiqlandi. 2022-yil yanvar oyining oxirida sigirlar bolalay boshladi. Og‘iz suti va sutdan olingan tajriba namunalari ustida keyingi klinik-laboratoriya tadqiqotlari davom ettirildi.
SARS-CoV-2 ga qarshi immunli sut mahsulotlari degustatsiyasi “InnoWeek.uz-2022” haftaligi doirasida o‘tkazilgan.