Namanganda 70-yil avval qurilgan maktab qayta qad rostlamoqda — foto

Qayd etilishicha, avval 300 o‘rinli bo‘lgan maktab 660 o‘rinliga aylantirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida zamonaviy maktab qad rostlamoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilgi Investitsiya dasturiga asosan Yettikon mahallasida joylashgan 4-umumta’lim maktabini qayta qurish uchun 7 milliard 843 million so‘m mablag‘ ajratildi.
“Maktab bundan 70-yil avval qurilgan bo‘lib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar moslashtirilgan xonalarda olib borilardi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, avval 300 o‘rinli bo‘lgan maktab 660 o‘rinliga aylantirilmoqda.
Maktabning yangi binosi shu yil oktabr oyida topshirilishi rejalashtirilgan.