Maxachkaladagi portlashdan jarohatlanganlar soni 102 kishiga yetdi

Qayd etilishicha, 70 ga yaqin kishi yong‘in joyida jabrlanganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda, kinologik guruh ishlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Maxachkaladagi portlashdan jarohatlanganlar soni 102 kishiga yetdi, 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Hodisa oqibatida 102 kishi tan jarohati oldi, ulardan 27 nafari halok bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 70 ga yaqin kishi yong‘in joyida jabrlanganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
14 avgust kuni kechqurun Maxachkaladagi trassada avtoservis yonib ketgan, yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan, shundan so‘ng kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko jarohatlanlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish uchun Dog‘istonga uchib ketdi.
Portlash qurbonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyoti bilan Moskva kasalxonalariga yetkaziladi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatiladi.
Favqulodda holat holati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi tomonidan JKning 238-moddasi 3-qismi bilan (iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maxachkaladagi "zapravkada" kuchli portlash yuz berdi — video