Maxachkaladagi "zapravkada" kuchli portlash yuz berdi — video

Dog‘iston poytaxtida 15-avgustga o‘tar kechasi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar bor.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Maxachkaladagi portlash natijasida qurbonlari soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda Dog‘iston tabiiy ofatlar tibbiyoti markazi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Dog‘iston poytaxtida 15-avgustga o‘tar kechasi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi. Portlash avtoservisda boshlangan yong‘in AYoQShga ham o‘tgan.
Dog‘iston tabiiy ofatlar tibbiyoti markaziga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 27 kishiga yetdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘t o‘chiruvchilari yoqilg‘i quyish shoxobchasida 600 kv.m maydonda yong‘in sodir bo‘lganligini aniqlashdi.

"Avvalroq Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 kishi halok bo‘lgani va 56 kishi jarohat olgani, jumladan, 13 nafar bola haqida xabar bergan", - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Dog‘istonga kelgan Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko keyinroq kasalxonalarda jabrlanganlarning 66 nafari yotganini, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir ekanini aytdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-avgust kuni kechqurun Maxachkaladagi trassada avtoservis yonib ketgan, yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan, shundan so‘ng kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Viktor Fisenko jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish uchun Dog‘istonga uchib ketdi.
Portlash qurbonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus samolyoti bilan Moskva kasalxonalariga yetkaziladi. Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatiladi.
Favqulodda holat holati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi tomonidan JKning 238-moddasi 3-qismi bilan (iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.