O‘zbekiston U15 futbol jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekistonlik yoshlar bu tur saudiyalik tengqurlari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Kecha, 13-avgust kuni, “Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri” doirasida yosh o‘zbekistonlik futbolchilar Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi maydonga tushdi.
O‘zbekistonlik yoshlar bu turda saudiyalik tengqurlari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ushbu g‘alaba evaziga O‘zbekiston jamoasi turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Gol muallifi: Sardorbek To‘laganmirzayev.
11-15 avgust kunlari Toshkentda futbol bo‘yicha “Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri” bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston, Chernogoriya, Saudiya Arabistoni va BAA jamoalari ishtirok etmoqda.