TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Turkiya universiteti to‘qimachilik va charm sanoati uchun kadrlar tayyorlash maqsadida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil qilinishi mumkin. Bu haqida Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Oliy ta’lim vaziri birnichi o‘rinbosari Komiljon Karimov Turkiyaning Ege universiteti rektori Nedjet Budak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda oliy ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan qo‘shma ta’lim dasturi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida 2023-yilning sentabr oyida Ege universiteti Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan “Charmni qayta ishlash va charm buyumlar texnologiyasi” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yuzasidan muzokara o‘tkazishiga kelishib olindi.