Kuniga qancha qahva ichish mumkin — shifokor javobi

Qahvaning ortiqcha bo‘lishi yurak urishining tezlashishiga ta’sir qiladi va jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Kuniga ikki finjondan ko‘p bo‘lmagan qahva ichish mumkin. Bu haqda gastroyenterolog, diyetolog Nuriya Dianova ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qahvaning ortiqcha bo‘lishi yurak urishining tezlashishiga ta’sir qiladi va jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichimlikni iste’mol qilish cheklangan bo‘lishi kerak.
"Siz kuniga ikki finjondan ko‘p bo‘lmagan qahva ichishingiz kerak, va ketma-ket emas, balki ertalab, masalan, kechqurun to‘rt-besh atrofida", deydi Dianova News.ru nashriga.
Mutaxassis qahva oshqozon va qizilo‘ngachga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, xlorid kislotaning ortiqcha sekretsiyasini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Oshqozon yarasi, sirroz, pankreatit va aritmiya bilan og‘rigan odamlar ichimlikdan butunlay voz kechishlari kerak.
Ma’lumot uchun, qahva o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi va ovqat hazm qilish jarayonini faollashtiradi. Shuningdek, ushbu ichimlik safro ishlab chiqarishni ko‘paytiruvchi gormon - xoletsistokinin sekretsiyasini yaxshilaydi. Tadqiqotda qahvaning ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’siri haqidagi qo‘rquvlar tasdiqlanmagan.
Bu qiziq
Qahva yoki choy: nonushtaga qay biri ma’qul