TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ukrainaga yordam uchun birlashgan va unga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan G‘arb mamlakatlari hatto birgalikda Rossiyani jang maydonida yenga olmaydi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich “Happy TV” telekanali efirida ma’lum qildi.
“G‘arb hatto bor kuchi bilan Rossiyani jang maydonida yenga olmaydi. Biroq mening Rossiya jang maydonida biror narsaga erishishiga, u siyosiy jihatdan biror narsaga ega bo‘lishiga ham ishonchim komil emas. Shu bois eng maqbul variant tezroq sulh tuzishga erishishdir”, - dedi Serbiya rahbari.
Vuchichning ta’kidlashicha, u arab davlatlari tomonidan Moskva va Kiyev muzokaralari to‘g‘risidagi tashabbuslarni diqqat bilan kuzatib boradi. Serbiya yetakchisi Vashington manfaatlariga ham javob beradigan sulh jahon iqtisodiyotini ham barqarorlashtirishiga imkon beradi deb hisoblaydi.