TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Birinchi sinf shiuvchilari uchun “Prezident sovg‘asi”ni maktablarga yetkazib berish boshlandi, deb xabar qilmoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.
Birinchi sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv quroli mavjud:
O‘quvchi sumkasi
12 dona daftar
Rasm daftari
Akvarel bo‘yoqlari
Rangli qog‘oz
Qalamdon
Sharikli ruchka
Rangli qalam
2 dona oddiy qalam
Plastilin
Yelim
2 dona o‘chirg‘ich
️“Prezident sovg‘asi” 25-avgustga qadar vazirlik elektron bazasiga (adm.maktab.uz) kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkazi bberiladi.