TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda sabzavotlar yetishtirish hajmi 2,3 %ga oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Shu yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,3 mln tonna sabzavotlar yetishtirilgan.
"Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 2,3 %ga oshgan", deyiladi xabarda.
Sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Surxondaryo viloyati egalladi. Yetishtirilgan sabzavotlar umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (17,7 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, yuqori ulush Andijon (17,5 %), Farg‘ona (13,1 %) va Toshkent (10,5 %) viloyatlarida ham qayd etilgan.
Umumiy hajmdagi past ulush Qoraqalpog‘iston respublikasi (1,5 %) va Jizzax viloyatida (1,9 %) kuzatildi.