TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Bahouddin Naqshband majmuasida ziyorat sharoitlari kengaytiriladi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
"Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi", deyiladi xabarda.
Diniy ulamo bilan suhbatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, islom ma’rifati haqida so‘z bordi. Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligiga ko‘maklashish, muhtoj oilalarni alohida mehr-e’tiborga olish muhimligi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Majmua atrofida rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash loyihasi ko‘rib chiqildi.
"Bahouddin Naqshband maqbarasiga Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lakni tiklash, Doniyolbiy madrasasini ta’mirlash, tahoratxona va muzey barpo etish kabilar mo‘ljallanmoqda", deyilgan xabarda.
Davlat rahbari ziyorat turizmi uchun sharoitlarni kengaytirish, xorijdan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar va mehmonxona tashkil etish, qabristonni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.