TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkentda Denis Matsuyevning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida 23-oktabr kuni Denis Matsuyevning “Yana bir bor. Gendeldan Rahmaninovgacha” nomli yakkaxon konserti o‘tkaziladi.
“Matsuyev o‘z konsertida Bethoven, Shubert, Shopen, Moshkovskiy, Pulenk, Chaykovskiy va, albatta, Sergey Rahmaninovning toj asarlarini ijro etadi”, - deyiladi xabarda.
Denis Matsuyev ajoyib pianino sozandasi, rus fortepiano maktabi an’analarining davomchisidir. Matsuyevning chiqishlari konsert dasturlarining bir zayldagi oliy sifati, ilg‘or peshqadamligi hamda badiiy talqinlarning teranligi bilan alohida ajralib turadi.