O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi MDH o‘yinlarida g‘alabaga erishdi — video

Ringga ko‘tarilgan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschining barchasi g‘alabaga erishdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar MDH o‘yinlarida g‘alabaga erishdi, deya xabar berdi Boks federatsiyasi.
Belarusda II MDH o‘yinlari davom etmoqda. Kecha boks bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 54, 67, 71, 75, 80, 86, 92 kilogramm vazn toifalarida erkak yoshlar vakillari ringga chiqdi.
Ringga ko‘tarilgan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschining barchasi g‘alabaga erishdi.
Bugun 50, 54, 57, 60, 70, 81 kilogramm vazn toifalarida ayollar o‘rtasida yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
II MDH o‘yinlarida medallar xajmi bo‘yicha O‘zbekiston 3-o‘rinda ketmoqda. Hozirga qadar, sportchilar 8 ta oltin, 13 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga ulgurishdi. O‘zbekistonda umumiy hisobda 38 ta medal bor. Musobaqada eng ko‘p medallarga rossiyalik sportchilar (125) ega chiqishdi. Belarus jamoalari esa 94 ta medal bilan ikki o‘rinda bormoqda.