Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiyga frontdan dahshatli xabar keldi

Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari Donbassga yuborgan ilg‘or maxsus kuchlarni yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Donbassga yuborgan ilg‘or maxsus kuchlarni yo‘q qildi, bu ularga frontni yorib o‘tish va ukrainaliklarni siqib chiqarish imkonini berdi. Bu haqda "Forbes" sharhlovchisi Devid Eks ma’lum qildi.

“Dengiz piyoda askarlarining barcha ilg‘or brigadalarini bir vaqtda joylashtirish <…> katta xavf tug‘diradi. <…> Hech bir bo‘linma dam olish, ta’mirlash ishlari va yangi askarlarni yollash uchun tanaffuslar qilmay to‘xtovsiz jang qila olmaydi. UQKning dengiz piyoda askarlari oxir-oqibatda aloqa chizig‘idan chekinishiga to‘g‘ri keladi. Ular buni qilganda esa, samarasizroq brigadalar bilan to‘ldirilgan qismlargina qoladi”, — deydi muallif.

Eks so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya qo‘shinlariga qarshi hujumga o‘tish va bu hududda Ukraina qo‘shinlarining mudofaasini yorib o‘tish imkonini beradi.
4 iyun kuni Kiyev Zaporojye, Janubiy Donesk va Artyomovsk yo‘nalishlarida NATO tomonidan tayyorlangan va G‘arb texnikasi bilan qurollangan jangovar brigadalar bilan qarshi hujumga o‘tdi. Shunga qaramay, Ukraina armiyasi frontning hech bir yo‘nalishida muvaffaqiyat qozona olmadi va katta yo‘qotishlarga duch keldi.
Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 26 va 27-iyul kunlari rus qo‘shinlari Orexovo yo‘nalishida dushmanning keng ko‘lamli hujumini bartaraf etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, UQK u yerda 400 dan ortiq harbiy xizmatchi va 60 dan ortiq texnikani, jumladan, Germaniyaning uchta "Leopard" tanki va Fransiyaning ikkita tankini yo‘qotgan.