TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt Ivan Romasov quyoshdan kuyish oqibatida nimalar qilish mumkin emasligini aytdi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, quyosh nurlaridan kuygandan so‘ng nima qilish bo‘yicha xalq orasida yuradigan maslahatlarga quloq solish kerak emas. Ya’ni kuygan teriga qaymoq, kefir yoki boshqa sut-qatiq mahsulotlarini surtish mumkin emas.
“Bu mahsulotlarning foydali xususiyatlari haqidagi afsonalar juda bo‘rttirilgan. Sut-qatiq mahsulotlari tarkibidagi yog‘lar kuygan terida patologik bakteriyalarni ko‘paytirish uchun ideal muhit yaratadi. Biroq nazariy jihatdan kam yog‘li sut-qatiq mahsulotlari yordam berishi mumkin”, — iqtibos keltirdi “Doktor Piter” nashri mutaxassis so‘zlaridan.
Romasovning ta’kidlashicha, turli malhamlardan foydalanish, muz qo‘yish, kuygan joy ustidan tor kiyim kiyish, kuyishdan paydo bo‘lgan pufakchalarni teshish, terini ko‘chirishga harakat qilish, terini quritadigan sovun va boshqa mahsulotlar, shuningdek, dekorativ kosmetika vositalaridan foydalanish ham vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin.
Quyoshdan yengil kuyishni davolash uchun shifokor sovuq dush qabul qilishni, teriga namlovchi vosita surtishni, ko‘proq suv ichishni, kuygan joyni qalin mato bilan yopishni va og‘riq qoldirishga paratsetamol yoki ibuprofen dorisini qabul qilishni tavsiya qiladi.