IShID* guruhi o‘z rahbarining o‘limi haqida xabar berdi

IShID* rahbari Suriyaning Idlib viloyatida yana bir terrorchi guruh bilan bo‘lgan to‘qnashuv vaqtida o‘ldirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “Islomiy davlat” guruhi* (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot) o‘z yetakchisi Abu Husayn al-Husayniy al-Qurashiy o‘ldirilganlini va yangi rahbar tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Frans Press” agentligi guruh vakili bayonotiga tayanib xabar berdi.
Terrorchilik tashkiloti vakilining ta’kidlashicha, guruh rahbari Suriyaning Idlib viloyatida “Hayat Tahrir ash-Shom” terrorchilik guruhi* (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) bilan to‘qnashuvlar chog‘ida o‘ldirilgan. Voqea sanasi aniq ko‘rsatilmagan.
Guruhning yangi rahbari sifatida Abu Hafs al-Hoshimiy al-Qurashiy e’lon qilindi.
Abu Husayn al-Husayniy al-Qurashiy o‘tgan yil oxirida Suriya hukumat armiyasi tomonidan avvalgi yetakchi Abu al-Hasan al-Qurashiy o‘ldirilganidan so‘ng IShID* yetakchisi deb e’lon qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an aprel oyi oxirida mamlakat Milliy razvedka xizmati (MİT) Suriyadagi operatsiya davomida IShID* yetakchisi Abu Husayn al-Husayniy al-Qurashiy yo‘q qilinganligi haqida xabar bergan edi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti