Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori bo‘ldi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Eshquvvatov tayinlovga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Eshquvvatov 1980-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2009-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.