1980 yil 3-avgust kuni Moskva yozgi Olimpiya o‘yinlari yakunlangan. Marosim badiiy qismidan so‘ng maydonga 80 ta davlat sportchilari chiqishgan. Ular va stadiondagi tomoshabinlar musobaqa yopilishining eng ta’sirli lahzalari guvohi bo‘lishgan.
Olimpiada mash’alasi o‘chirilgan va katta “jonli” tasvirdagi Olimpiya Mishkasi ayiqcha ko‘zida yosh qalqqan. Shundan so‘ng XXII Olimpiya o‘yinlari ramzi stadionda paydo bo‘lgan.
“Xayr, Moskva” qo‘shig‘i ostida Mishka qo‘lini silkitib, osmonga uchib ketgan. Ko‘pchilik ko‘z yoshlarini tutib turolmagan va bu marosim ular yodida bir umr qolgan.
Moskva Olimpiadasida sportchilar 23 ta sport turi bo‘yicha medallar uchun kurashishgan. Medallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni SSSR egallagan. Ikkinchi o‘rinni GDRga, uchinchi o‘rin esa Bolgariyaga nasib qilgan.