TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida bir necha bank rahbarlarini ishdan bo‘shatdi.
Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari Markaziy bank rahbarlarini, Xalq bankining Namangan va Surxondaryo, “Agrobank”ning Andijon va Farg‘ona hamda “Mikrokreditbank”ning Toshkent viloyatlari rahbarlarini lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, o‘z vaqtidan to‘lanmagan kreditlar miqdori yuqori bo‘lgan 15 ta tuman va shahar banklari rahbarlarini to‘liq yangilash masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.
Bunday choralar qabul qilinishiga sabab, 3 trilion so‘m o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar va 68 milliard so‘m maqsadsiz sarflangan kreditlar deyilmoqda.
Banklar kesimida eng ko‘p muammoli kreditlar Xalq banki, “Mikrokreditbank” va “Agrobank” hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ishlar ahvoli qoniqarsiz.
Bundan tashqari, hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 2,5 mingta holatda 68 milliard so‘m kreditlar maqsadsiz sarflangani aniqlangan.
Ushbu majlisda biroz oldin soliq idoralarining 30 ga yaqin rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod qilingani haqida ma’lum bo‘lgan edi.