TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Hindistonda og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligi o‘tkazilmoqda. Unda -64 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Madinabonu Jo‘rayeva va Asalxon Rajabova O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar yana sovrindorlar qatoridan joy olishdi
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Yoshlar toifasida qatnashgan Jo‘rayeva dast ko‘tarishda 85 kg, siltab ko‘tarishda 105 kg hamda ikkikurashda 190 kg bilan barcha dasturda 3-o‘rnini egalladi.
O‘smir qizlar bahsida esa Rajabova dast ko‘tarish mashqini 77 kg bilan yakunlab, ushbu dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sportchi siltab ko‘tarishda 90 kg va ikki kurash natijasiga ko‘ra 167 kg bilan 5-o‘rindan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining 31-iyul kuni o‘tkazilgan bahslarida sportchilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Chempionatnning 30-iyuldagi bahslarida esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.