Namangandan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

"Namangan-Madina-Namangan" yo‘nalishidagi parvozlar haftada to‘rt marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Namangandan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Kecha ilk bor “Panorama Airways" aviakompaniyasining havo kemasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Namangandan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Aviakompaniyaning A 320 rusumli havo kemasi ilk bor Namangan-Madina-Namangan yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshiradi.

"Namangan-Madina-Namangan yo‘nalishidagi parvozlar haftaning chorshanba, payshanba, juma va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Namangandan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Ma’lumot uchun, “Panorama Airways" aviakompaniyasi 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Toshkent va Samarqand shaharlaridan Saudiya Arabistonining Madina shahriga aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Samarqanddan Madinaga parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi.