Metan “zapravka”larda narx oshgani yo‘q — Energetika vazirligi

Metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonda metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi barcha metan “zapravka”lar yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Aytilishicha, “zapravka”larning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan.

“Videoda tarqalgan holatdagi “zapravka” berilgan oylik limitni ishlatib bo‘lgan. Yangi oydan mazkur “zapravka”ga gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q.
"Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 raqamli “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish mumkin", - deya eslatilgan xabarda.