Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Doneskni o‘qqa tutishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

O‘qqa tutilgan Donesk, arxiv surat
Ukraina harbiylari dushanba kuni ertalab Doneskning markaziy Voroshilov tumanini o‘qqa tutdi.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining Donesk markazini o‘qqa tutishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Aleksey Kulemzin ma’lum qildi.
“Soat 10:00 holatiga dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Voroshilov tumani o‘qqa tutilishi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan va 3 kishi yarador bo‘lgan. Ular haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda”, - deya yozdi Kulemzin o‘zining Telegram-kanalida.
Avvalroq Kulemzin dushanba kuni ertalab Doneskning markaziy Voroshilov tumani o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa Nikoh qasri yoniga kelib tushgan. Avtobus va ikkita yengil mashina yonib ketgan.