O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda – foto

O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” poligonida “UZAZ-2023” O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar qildi, deya yozadi Sputnik Ozarbayjon.
“Ular Ozarbayjon va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etildi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari
Ikki mamlakat harbiylari maxsus harbiy operatsiyalar epizodlarini tashkil etish va o‘tkazishni mashq qilishadi.
Mashg‘ulotlarning ochilish marosimida ishtirok etgan ikki davlat rasmiylari kompyuter texnologiyalari yordamida tashkil etilgan birinchi qo‘shma mashg‘ulotlar O‘zbekiston va Ozarbayjon armiyalari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari
Ta’kidlanishicha, “UZAZ-2023” mashqlari ikki mamlakat harbiy xizmatchilari o‘rtasida tajriba almashish, ularning mohirligi va tayyorgarlik darajasini oshirishga katta hissa qo‘shadi.