TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Farg‘ona shahridagi baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda kamchiliklarni aniqlash yuzasidan ishchi guruh hamda shtab tashkil qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat ishchi guruhi va shtab
© MChS Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, 25 ta tuzilgan ishchi guruhning har biriga 11 nafardan mutaxassis biriktirildi. Ular savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, o‘quv markazlari, ko‘ngilochar servis shoxobchalarining yong‘in xavfsizligi va sanitariya holatini xatlovdan o‘tkazadi. Bunda 73 ta mahalla fuqarolar yig‘ini qamrab olinadi.
Viloyat ishchi guruhi va shtab
© MChS Uzbekistana
29 iyul kuni Farg‘ona shahridagi 4 qavatli bino yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Ular tutundan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgani aytilmoqda.